Ko‘zlar gigiуenasi – ko‘zlarni qanday parvarish qilish kerak
Ko‘zlar gigiуenasi – bu ko‘zlarning normal faoliyatini ushlab turish va ularning salomatligini asrash bo‘yicha chora-tadbirlar majmui. Oftalmologlar nafaqat ko‘rish qobiliyati bilan muayyan muammolar tug‘ilganida, balki ko‘zlar doim yaxshi holatda qolishi uchun ham har kuni ayrim oddiy qoidalarga rioya qilishni tavsiya qilishadi.
Siz ko‘zlaringiz salomatligini saqlash uchun ko‘p ishlarni qilishingiz (yoki qilmasligingiz) mumkin, bu sizdan hatto katta sa’y-harakatni talab qilmaydi ham. Quyida kundalik hayotingizda foydalanishingiz mumkin bo‘lgan bir nechta foydali maslahatni taqdim etamiz.
Ish jarayoni va ish joyini to‘g‘ri tashkillashtirish
- kompyuterda ishlaganda har soatda kichik tanaffuslar (5-7 daqiqa) qiling
- maktab yoshidagi bolalar doimiy ravishda ekran oldida 30-40 daqiqadan ko‘p o‘tirmasliklari kerak. 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kompyuter, planshet yoki smartfondan foydalanish tavsiya etilmaydi
- ish joyida yoritishni to‘g‘ri tashkillashtiring
- ish stoli deraza qarshisida bo‘lishi optimal hisoblanadi. O’ng qo‘lni ishlatadiganlar uchun qo‘shimcha sun’iy yoritish manbasidan (stol lampasi) tushadigan yorug‘lik chap tomondan, chap qo‘lni ishlatadigan kishilar uchun esa o‘ng tomondan tushishi lozim Tabiiyga yaqin yorug‘ligi sariq bo‘lgan chiroqlardan foydalangan ma’qul. Chiroq quvvati 60 Vt dan ko‘proq bo‘lishi zarur
- kompyuter ekranining yorug‘ligini sozlang. Monitor xona yorug‘ligidan yorqinroq bo‘lmasligi kerak
- monitorni cho‘zilgan qo‘l masofasida, ko‘zlar darajasidan pastroqda joylashtiring.
- belni ushlab turuvchi qulay kompyuter kreslosini tanlang
Optinol 0,21% ko‘z tomchilarining tarkibiga odamning tabiiy ko‘z yoshida mavjud bo‘lgan gialuron kislotasi kirgan. Gialuron kislotasi odam tomonidan yaxshi ko‘tariladi, u ko‘zlar yuzasida uzoq vaqt saqlanadigan va uning namlanishiga yordam beradigan himoya plyonkasini yaratadi.
U kattalar va bolalarda qo‘llash uchun ruxsat etilgan bo‘lib, quruq ko‘z kasalligi rivojlanishining oldini olish hamda quruq ko‘z kasalligining yengil alomatlarini yengillashtirish uchun foydalaniladi. Preparat tarkibida konservantlar yo‘q, biroq, shu bilan birga, u ochilganidan keyin flakonning innovatsion dizayni tufayli uzoq xizmat qilish muddatiga ega.
Kitob o‘qiganda maxsus qoidalarga rioya qiling
- yaxshi yoritilgan joyda o‘qing
- qorong‘ida fonuscha bilan o‘qimang
- kitobni ko‘zlardan kamida 30 santimetr masofada ushlang
- kitobni tekis yuzaga qo‘ying
- harakatlanayotgan transportda o‘qimang – silkinish tufayli ko‘zlarga qo‘shimcha yuklama tushadi.
Qo‘shimcha maslahatlar
- qutblashtirilgan quyoshdan himoya qiluvchi ko‘zoynaklar yordamida ko‘zlarni ultrabinafsha nurlaridan himoya qiling
- kir qo‘llar bilan ko‘zlarga teginmang
- muntazam ravishda oftalmologga boring va ko‘zlar salomatligini tekshiring
- agar kundalik faoliyatingiz ko‘zlarning jadal zo‘riqishi bilan bog‘liq bo‘lsa, sun’iy ko‘z yoshi preparatlaridan foydalaning. Ularni profilaktika maqsadlarida ham, quruq ko‘zlar alomatlari (qizarish, achishish, ko‘zlarda “qum” borligi hissi) paydo bo‘lganida ham qo‘llash mumkin.