Bolada ko‘rish qobiliyati bilan bog‘liq muammo borligini qanday bilish mumkin?
Aksariyat ota-onalar, agar farzandlarida ko‘rish qobiliyati bilan bog‘liq muammo bo‘lsa, ular bu haqda biladi, deb o‘ylashadi. Biroq, bu qator sabablarga ko‘ra unday emas.
Birinchidan, bolalar ko‘pinchao‘zlarining ko‘rish qobiliyati bilan muammo borligini ayta olmaydi yoki tushuna olmaydi. Ikkinchidan, ko‘plab oftalmologik kasalliklar dastlabki bosqichlarda alomatlarsiz kechadi, bu ularni aniqlash va davolashni qiyinlashtiradi.
Bolaning ko‘rish qobiliyati qanday rivojlanadi?
0 dan 1 yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlar
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning ko‘rish qobiliyati yomon bo‘ladi – ular hatto yaqin ob’ektlarni ham xira ko‘radi. 6-haftadan boshlab chaqaloqlar onasining yuzini va katta o‘yinchoqlarini ajrata oladi, 4-6 oylikdan boshlab esa harakatlanuvchi narsalarni ko‘zlari bilan kuzatishlari mumkin. 7-10 oylikda bola nafaqat oldingi fonni, balki xonaning butun maydonini ko‘ra oladi.
1-2 yoshli bolalar
Bu yoshga kelib chaqaloqlarda ko‘z-qo‘l koordinatsiyasi yaxshi rivojlangan bo‘ladi: motor va vizual qabul qilish ko‘nikmalari barmoqlarga qalam ushlash va biror narsalarni chizishga, to‘pni nishonga otishga, qoshiqni og‘izga olib borishga yordam bergan holda birga ishlaydi.
3-5 yoshli bolalar
3 yoshga kelib bola oftalmolog ko‘rigidan o‘tishga tayyor bo‘ladi. Ko‘rikka beparvolik bilan qaramang, bolaning ko‘zlari sog‘lom va ko‘rish qobiliyati normal rivojlanayotganiga ishonch hosil qilish kerak. Agar biror-bir muammo aniqlansa, optometrist muolaja yoki ko‘zoynakka retsept yozib berishi mumkin. Bolalarda ko‘zlar bilan muammolarning ko‘pchiligini ularni dastlabki bosqichda aniqlash yo‘li bilan bartaraf etish mumkin.
6-7 yoshli va undan katta bolalar
Maktabdan oldin, ko‘zlar to‘g‘ri rivojlanayotganiga ishonch hosil qilish uchun yana bir to‘liq ko‘z tekshiruvi talab qilinadi. Oftalmolog ko‘zlarni uzoqni ko‘ra olmaslik, yaqinni ko‘ra olmaslik va astigmatizmga tekshiradi. Maktab o‘quvchilarining ko‘rish qobiliyatini har 1-2 yilda bir marta, hech bo‘lmaganda ekspress skrining yordamida tekshirish tavsiya etiladi - bu maktab o‘quvchilarida ko‘z muammolarining 60% gachasini aniqlash imkonini beradi. Ko‘zoynak taquvchi bolalar har 12 oyda bir marta oftalmologga tashrif buyurishlari kerak.
Ko‘rish qobiliyati bilan muammolar borligi belgilari
Bolalar odatda ko‘rish bilan bog‘liq muammolardan shikoyat qilishmay, shu bois ota-onalarning ko‘pchiligi bola ko‘zlarini qisishni boshlaganida yoki uzoqdagi narsalar yoki yozuvlarni aniq ko‘rmaganida bu haqda tashvishlana boshlashadi. Shu bois ko‘rish qobiliyatining yaqqol ko‘zga tashlanmaydigan belgilaridan xabardor bo‘lish muhim hisoblanadi. Bularga quyidagilar kiradi:
- Diqqatni jamlashning, materialni tushunishning qiyinligi
- Mutolaa bilan qiyinchiliklar: bola o‘qish paytida ko‘zlarini ishqalaydi, tez-tez yumib-ochadi, so‘zlarni o‘tkazib yuboradi
- Ko‘zlar zo‘riqishidan keyin ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi yoki bosh og‘rig‘i
- Sport yuklamalarida beso‘naqaylik, to‘p bilan o‘ynashda tana koordinatsiyasi va aniqlikdagi qiyinchiliklar.
- Ko‘zlarning yorug‘likka kuchli sezgirligi
- Rasm chizish, bo‘yash va boshqa turdagi yuklamalardan qochish
Bolada ko‘rish qobiliyati bilan bog‘liq muammolarning yaqqol belgilari:
- uzoqroq masofadagi buyumlarni ko‘ra olmaydi
- doskada yozilganlarni o‘qishda qiynaladi
- televizorga juda yaqin o‘tiradi
- doimo ko‘zlarini ishqalaydi, ko‘zlarini qisib ko‘radi
- ko‘zlari ko‘pincha qizaradi
Agar farzandingizda ko‘rish muammosi borligiga gumon qilsangiz, darhol oftalmologga murojaat qiling. U kerakli muolajani belgilaydi va bolaga ko‘zoynak taqish kerakligi yoki yo‘qligini aniqlaydi.
Bolada uzoqni ko‘ra olmaslik holati
Uzoqni ko‘ra olmaslik (yoki miopiya) maktab yoshidagi bolalarda eng ko‘p uchraydigan ko‘rish qobiliyatining buzilishidir. U odatda 6-15 yoshlarda rivojlanadi va odatda ko‘zoynak yoki kontakt linzalar yordamida to‘g‘irlanadi. Bolalarda aniqlanmagan uzoqni ko‘ra olmaslik holati ko‘pincha ularning o‘qishdagi muvaffaqiyatlariga xalaqit beradi.
Bolalarda uzoqni ko‘ra olmaslik rivojlanishiga turtki bo‘ladigan omillar:
- Genetik omillar: ota-onasining uzoqni ko‘ra olmasligi ko‘p hollarda bolalariga ham o‘tadi.
- Ko‘zlarning uzoq vaqt davomida jadal zo‘riqishi. Masalan, kitob o‘qish yoki kompyuterda tanaffussiz ishlash.
- Toza havoda jismoniy faollikning yetishmasligi. Asosiy vaqtini xonada o‘tkazadigan va toza havoga kam chiqadigan bolalarda uzoqni ko‘ra olmaslik ko‘proq uchraydi. Olimlarning fikricha, D vitamini bolalarda uzoqni ko‘ra olmaslik holati rivojlanishini sekinlashtirishi mumkin.
Bola kompyuter va gajdetlar bilan qancha vaqtini o‘tkazishi mumkin?
2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga planshetlar, kompyuterlar, smartfonlardan foydalanish tavsiya etilmaydi - bu ularning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 2 yoshdan oshgan bolalar kuniga ko‘pi bilan 2 soat, bir martada esa ko‘pi bilan 20-30 daqiqa vaqtlarini gadjetlar bilan o‘tkazishi mumkin. Bola yo‘lda planshet yoki telefondan foydalanishi ham nomaqbul, chunki harakatlanayotganda ko‘zlar tezroq charchaydi.
Afsuski, hozir bola 6-8 soat kompyuter oldida o‘tirishga majbur bo‘ladigan masofaviy ta’limga o‘tish va ko‘zlar zo‘riqishining kuchayishi sababli, ko‘zlar quruqligi kasalligi bolalarda ancha keng tarqaldi.
Ko‘rish qobiliyati bilan bog‘liq muammolar profilaktikasi
- Bolalarda ko‘z muammolarini oldini olish uchun nima qilish kerak:
- Ko‘rish-motor koordinatsiyasini mashq qilish uchun ochiq havoda to‘p o‘yinlarini o‘ynang (frisbi, ping-pong, tennis).
- Vizual boshqotirmalarni birgalikda yeching (farqlarni toping, labirintdan o‘ting, boshqotirmani bajaring).
- Sport (xokkey, tennis, basketbol) uchun ko‘zoynak sotib oling. Ular ko‘z jarohatlarining 90% oldini oladi.
- Farzandingiz pirotexnika yoki qurol bilan o‘ynashiga yo‘l qo‘ymang.
- Unitazlar uchun tozalash vositalarini va ko‘zlar uchun xavfli bo‘lgan boshqa kimyoviy moddalarni uzoqroqda saqlang.
- Farzandingiz kompyuterda o‘tkazadigan vaqtni cheklang. Ko‘zlar zo‘riqishini kamaytirish uchun bolalarni har 20 daqiqada 20 soniyalik tanaffuslar qilishni o‘rgating.
- Ish joyining ergonomikasini tekshiring. Bolalar uchun monitor va ko‘zlar orasidagi tavsiya etilgan masofa 45 dan 60 santimetrgacha. Ekrandagi chiroqlarning shu’lasi bo‘lmasligi kerak, monitor yorqinligi xonadagi yorug‘likka mos kelishi lozim.
- Xonadagi chiroqlarni sozlang. Mutolaa uchun eng yaxshisi tabiiy yorug‘lik, kechki mashg‘ulotlar uchun yaxshi chiroq sotib olishingiz mumkin.
- Farzandingizni to‘q yashil sabzavotlar va sut iste’mol qilishga rag‘batlantiring – bu mahsulotlar nafaqat suyaklar, balki sog‘lom ko‘zlar uchun ham foydali.
- 100% ultrabinafsha nurlanishidan himoya qiladigan bolalar quyoshdan saqlaydigan ko‘zoynaklarini sotib oling.