Перейти к основному содержимому

Ko‘zlar qizarishi

Zamonaviy turmush tarzi ko‘pincha uyqu yetishmasligi, raqamli qurilmalardan haddan tashqari ko‘p foydalanish va quruq havo yoki konditsionerlar ta’sirini ichiga oladi. Bularning barchasi o‘zlarimizning sog‘lig‘iga ham ta’sir qiladi va ba’zida ko‘zlar qizarishi deb ataladigan muammoni keltirib chiqaradi. Bunga ko‘zdagi mayda tomirlarning yorilishi sabab bo‘ladi, lekin odatda bu bir necha kundan bir necha haftagacha muddatda o‘tib ketadi va tashvishlanishga sababchi bo‘lmaydi. Har qanday holda ham, ko‘zlar qizarishining sababini aniqlash va tegishli yechimni topish foydalidir.

Hero - Eye Redness

Ko‘zlar qizarishining eng keng tarqalgan sabablari

Ko‘zlarning qizarishiga turli ta’sirlantiruvchi omillar, tashqi ta’sirlar, shuningdek, turli infeksiyalar yoki ko‘z kasalliklari sababchi bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, qizarish bir vaqtning o‘zida bir yoki ikkala ko‘zda paydo bo‘lishi ham mumkin. Shuningdek u mustaqil ravishda ham, ko‘z qovoqlarining shishishi bilan birga ham paydo bo‘lishi mumkin. Tegishli davolanishni boshlash uchun qizarish sababini, uning davomiyligini va muammoning jiddiyligini hisobga olish kerak.

  • Quruq va issiq havo
  • Quyosh
  • Shamol
  • Tutun va chang
  • Begona jism
  • Kontakt linzalar
  • Raqamli qurilmalardan uzoq vaqt uzluksiz foydalanish
  • Arterial qon bosimining to‘satdan o‘zgarishi
  • Aksa urish, yo‘talish, yig‘lash
  • Ko‘zlarni ishqalash
  • Ko‘zlar jarohati
  • Jismoniy yuklamalar
  • Ko‘p miqdorda alkogol va sigaret iste’mol qilish
  • Stress
  • Allergiya
  • Konyunktivit
  • Blefarit
  • Uveit
  • Ko‘zlar quruqligi
  • Muguz pardasining yarasi
  • Glaukoma
Ko‘zlarning allergiya sababli qizarishi

Ko‘zlarning allergiya sababli qizarishi

Ko‘zlarning qizarishi mavsumiy allergiyaning juda keng tarqalgan alomati hisoblanadi. Allergiyaning har xil turlaridan aziyat chekadigan odamlar aksa urish, yo‘talish, ko‘zning yoshlanishi, shuningdek, ko‘z va burundagi qizarish va qichishish kabi noxush hislarni yaxshi bilishadi. Allergik reaktsiyalar qichishish, ko‘zlardagi achishish hissi va ba’zan shish shaklida namoyon bo‘ladi. Ushbu alomatlar noqulaylik tug‘diradi va kundalik hayot sifatiga putur yetkazadi, ammo ular ko‘z salomatligi uchun xavfli emasligini va ularni yengillashtirishi mumkinligini bilish kerak.

Asosiy tavsiya, imkoni boricha allergik reaktsiyalarni keltirib chiqaradigan allergenlar bilan aloqa qilishdan saqlanish. Ko‘pincha, bu gul changlari, chang, ba’zi kremlarning tarkibiy qismlari va boshqalar bo‘ladi. Bunday holda, gigiena qoidalariga rioya qilish va iflos qo‘llar bilan ko‘zlarga teginmaslik juda muhim. Bundan tashqari, Optinol Ektoin ko‘z tomchilari samarali yordam berishi mumkin, u allergiya bilan bog‘liq ko‘zdagi noqulaylikni sezilarli darajada yengillashtiradi.

Bolalarda ko‘zlarning qizarishi

Bolalarda ko‘zlarning qizarishi

Ota-onalar farzandlarida noqulaylik hissi paydo bo‘lishidan ko‘proq tashvishlanadilar. Buni tushunish mumkin, chunki bolalar alohida e’tibor talab qiladigan zaif guruhdir. Bolalarda ko‘z og‘rig‘i va qizarishi ko‘pincha noqulaylik va jarohatlar tufayli yuzaga keladi, ammo ular yallig‘lanish va nafas yo‘llarining muammolari bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin.

Odatda tashvishlanish uchun hech qanday sabab bo‘lmaydi, chunki bolalarda ko‘zlar qizarishi ko‘p hollarda zararsiz bo‘lib, jiddiy asoratlarsiz o‘tib ketadi. Biroq, tezda harakat qilish va tibbiy yordamga murojaat zarur bo‘ladigan holatlar ham mavjud.

Agar bola organizmida yallig‘lanish jarayoni mavjud bo‘lsa, unda ko‘zning qizarishi va ta’sirlanishi kuzatilishi mumkin. Yallig‘lanishning o‘zi davolanganida, bu alomatlar ham yo‘qoladi. Ammo, agar ko‘zning qizarishi achishish va yoshlanish bilan birga kechsa, shifokor bilan maslahatlashgan ma’qul, chunki bu ko‘z kasalligi yoki davolanishni talab qiladigan ko‘z infeksiyasi bo‘lishi mumkin.

Bizning tavsiyalarimiz