Перейти к основному содержимому

Nega konservantlarsiz ko‘z tomchilarini tanlash muhim

Biz har kuni buzilmasligi uchun konservantlar qo‘shilgan oziq-ovqat yoki dori vositalariniiste’mol qilamiz. Biroq, so‘nggi paytlarda ulardan foydalanish bilan bog‘liq bahs-munozaralar tufayli konservantlarni o‘z ichiga olgan mahsulotlardan voz kechish tendentsiyasi kuchaymoqda. Bu oziq-ovqat va farmatsevtika sanoati uchun ayniqsa muhimdir.

Konservant - bu dori vositasiga qo‘shimcha bo‘lib, u mahsulotning degradatsiyasi, rangsizlanishi yoki buzilishining oldini oladi. Uning maqsadi mikroorganizmlarni yo‘q qilish va dorining samaradorligini saqlab qolishdir. Konservant toksik bo‘lmasligi va to‘qimalarni ta’sirlantirmasligi kerak. 

Ko‘zlar juda ta‘sirchan bo‘lgani uchun, ko‘z tomchilaridagi konservantlarning eng kichik kontsentratsiyasi ham ko‘zning ta’sirlanishi, yallig‘lanishi yoki qizarishiga olib kelishi mumkin. Ba’zi hollarda konservatlarga ega ko‘z tomchilarini uzoq vaqt qo‘llash ko‘zlar quruqligi belgilarining rivojlanishiga olib keladi. Ko‘z sog‘lig‘ini saqlab qolish uchun, tarkibida konservantlar bo‘lmagan tomchilarni tanlash tavsiya etiladi.

Konservantlar dori vositalarining saqlash muddatini uzaytirish uchun qo‘llaniladi, lekin, bir vaqtning o‘zida, ular potentsial ta’sirlantiruvchilar bo‘lishi ham mumkin. Bakteriyalar preparatning ifloslanishi va xususiyatlari o‘zgarishining asosiy sababchisidir. Maxsus pompasi tufayli Optinol ko‘z tomchilari bakteriyalardan himoyalangan bo‘lib, konservantlar keltirib chiqaradigan ta’sirlanish xususiyatisiz uzoq muddat xavfsiz foydalanishni ta’minlaydi.

Optinol preparati ochilganidan keyin olti oy davomida foydalanish uchun xavfsiz hisoblanadi. Ushbu tomchilar qo‘llanganidan keyin darhol quruq va ta’sirlangan ko‘z alomatlarini samarali ravishda bartaraf etadi. Ular noqulaylikni sezilarli darajada yengillashtiradi va superinfeksiya yoki chandiq paydo bo‘lishi kabi ehtimoliy oqibatlarning oldini oladi.

Ko‘zlar quruqligiga qarshi ko‘z tomchilari 

Mos keladigan ko‘z tomchilarini tanlashda uchta asosiy omilga e’tibor berish kerak: simptomlarning namoyon bo‘lish darajasi, quruq ko‘zlarning sababi va kontakt linzalarni taqish.

OPTINOL 0,21% ko‘zlar quruqligining epizodik belgilarini davolash uchun mos keladi.
OPTINOL 0,4% ko‘zlar quruqligi belgilarini har kuni davolash uchun ishlatiladi.
Optinol Intensiv mexanik shikastlanishlar yoki invaziv operatsiyalar natijasida yuzaga kelgan buzilishlar uchun tavsiya etiladi.

Agar ko‘zingizda achishish, qichishish, noqulaylik va qum borday his qilsangiz, demak sizda ko‘zlar quruqligi ehtimoli katta. Optinol quruq ko‘z tomchilari bunday buzilishlarda yordam beradi, ammo aniq tashxis qo‘yish uchun oftalmolog bilan maslahatlashish zarur.