Allergik konyunktivit alomatlarini qanday qilib kamaytirish mumkin
Bahor va yozda odamlarning ko‘pchiligi allergiyadan va ularga hamroh bo‘ldigan noxush alomatlardan aziyat chekadi. Qichiyodigan va yoshlanadigan, ta’sirlangan va qizil ko‘zlar ana shu alomatlarga kiradi, ko‘p hollarda qovoqlarda ajralmalar paydo bo‘ladi. Agar siz shunday muammolarga duch kelgan bo‘lsangiz, ehtimol sizda allergik konyunktivit bo‘lishi mumkin.
Allergik konyunktivit – bu ko‘z yuzasining havodagi ehtimoliy allergenlarga sezuvchanligining oshishi natijasidir. Allergiya bilan og‘rigan odamning organizmi bahor va yozda gullaydigan o‘tlar va daraxtlarning gul changlarini begona jism sifatida qabul qiladi va o‘zini himoya qilishga harakat qiladi, bu ko‘pincha haddan tashqari allergik reaksiya shaklida namoyon bo‘ladi.
Ko‘z muammolaridan tashqari, allergik konyunktivit ko‘pincha rinit bilan birga kechadi, u yuqori nafas yo‘llariga ta’sir qiladi, shu bois yoshlanadigan va ta’sirlangan ko‘zlardan tashqari, allergiyasi bor kishilar bahor va yozda qichishish va tumov bilan ham kurashishadi.
Allergik konyunktivit profilaktikasi
Allergik konyunktivit mavsumiy yoki nomavsumiy bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, turli o‘simliklarning gulchanglari kabi mavsumiy allergenlarga qo‘shimcha ravishda, uni yil fasliga qarab paydo bo‘ladigan kanalar yoki hayvonlar junlari ham keltirib chiqarishi mumkin.
Boshqa ko‘plab kasalliklarda bo‘lgani kabi, allergik konyunktivitga qarshi kurashishda ham profilaktika muhim rol o‘ynaydi. Agar sizda allergiya bo‘lsa, kundalik hayotingizni osonlashtirish uchun nima qilishingiz mumkin?
Yashash joyingizni muntazam ravishda changyutkich bilan tozalash, gulchanglar taqvimiga e’tibor berish, uzoq sayrlrdn keyin sochlarni yuvish, havoda allergenlar kontsentratsiyasi past bo‘lgan vaqtda xonani shamollatish, shuningdek, kiyim va choyshablrni muntazam ravishda o‘zgartirish yoqimsiz alomatlarni keltirib chiqaradigan gulchanglarni kamaytirishga yordam beradi.
Bundan tashqari, agar siz ko‘zlarning achishishi yoki qichishish alomatlarini sezsangiz, ektoin moddasini o‘z ichiga olgan ko‘z tomchilaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bu ekstremofillar, o‘ta sho‘r muhitda yashovchi organizmlar tomonidan ishlab chiqarildigan va shu bois suvni ushlab turish, suvsizlanishning oldini olish va hujayralarni himoya qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan aminokislotadir. Ektoin preparatlarda muvaffaqiyatli qo‘llaniladigan va eng ko‘p o‘rganilgan birinchi ekstremolitlardan biri.
Bunday ixtisoslashtirilgan va yuqori sifatli parvarish bilan ko‘zlaringiz bahor yoki yoz kabi kuchli allergiya mavsumlarini yengil o‘tkazishingiz mumkin.