Перейти к основному содержимому

Konditsionerni yoqish imkoniyatisiz yozgi issiqlikni, ofisda ishlashni yoki mashinani haydashni tasavvur qilish qiyin. Shuningdek biz, ayniqsa tashqarida harorat juda yuqori bo‘lganida, ko‘pincha haroratni pasaytirishni haddan ziyod qilib yuboramiz. Biroq bu qurilmalar sog‘lig‘imizga yomon tomondan ta’sir qilishi mumkin.

Avvalo, so‘z tashqi va ichki harorat o‘rtasidagi sezilarli farq tufayli yuzaga keladigan muammolar haqida boradi. Issiqdan sovuqqa va, aksincha, sovuqdan issiqqa keskin o‘tish organizmning yangi haroratga tezda moslashishiga imkon bermaydi, shuning uchun u «issiq urishi» holatiga tushadi. Bu, ayniqsa, qon bosimi, artrit va burun sinuslari bilan bog‘liq muammolari bor kishilar tomonidan seziladi, shuning uchun tashqarida va ichkaridagi harorat farqi taxminan 7 ° С bo‘lishi kerakligini esda tutish zarur.

Agar siz vaqtingizni ko‘proq konditsionerli xonada o‘tkazsangiz, ehtimol siz ko‘zlar quruqligi hissiga duch kelgan bo‘lishingiz mumkin (yoki allaqachon duch kelgansiz). Quruq ko‘zlar konditsionerli xonalarda namlik kamligining natijasidir, u qizarish yoki qichishish, shuningdek, bosh og‘rig‘i va allergiya bilan birga kechadi.

Konditsionerli xonalarda namlik darajasi pastligi tufayli ko‘zlar yuzasi va ular bilan bog‘langan burunning shilliq qavati quriydi, shuning uchun tez-tez achishish hissi yoki "ko‘zlardagi qum" hissi seziladi.

Sinusit yoki boshqa respirator infeksiyalarga chalinmaslik uchun konditsioner yoqilganida uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zingizga qaratmang.

Yuqori sifatli va yaxshi xizmat ko‘rsatiladigan konditsioner xonadagi namlikni pasaytiradi, shu bois uni muntazam tozalashni va uning filtrini ishchi holatda saqlashni unutmang; konditsionerga to‘g‘ri xizmat ko‘rsatilganida, zararli mikroorganizmlar ham kamroq to‘planadi.

Ta’sirchan odamlar va surunkali kasalliklarga chalingan kishilar kundalik hayotda konditsionerlardan ortiqcha foydalanmasliklari kerak, chunki bu kasalliklarga va bo‘yin yoki orqaning siqiqligiga olib kelishi mumkin. Xonada chaqaloqlar va kichkina bolalar bo‘lsa, konditsionerni umuman ishlatmaslik tavsiya etiladi.