Linzalar taqqanda yuzaga keladigan ko‘zlar quruqligi
Agar ko‘zlar quruqligining sababini aniqlab bartaraf etmasa, linzalardan qulay foydalanish haqida unutish mumkin. Kontakt linzalar – bu ko‘rish qobiliyatini to‘g‘irlash usuli bo‘lib, undan ko‘plab odamlar foydalanadi. Linzalar muntazam taqilganida, ulardan foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik quruq ko‘z kasalligini keltirib chiqarishi mumkin.
Agar linza taqsangiz, ko‘zlar quruqligi kasalligining sabablari
Quruq ko‘z kasalligi - ko‘z yoshining yetarli darajada ishlab chiqarilmasligi yoki ko‘z yoshining tez bug‘lanishi natijasida yuzaga keladigan holat. U aachishish, qizarish, qichishish va ko‘zlardagi quruqlik va «qum» hissi bilan namoyon bo‘ladi.
Ko‘pincha ko‘zlar quruqligining rivojlanishi kompyuterda ishlash, gadjetlardan foydalanish, kam yorug‘lik sharoitida o‘qish, uzoq va kuchli stress tufayli yuzaga keladi. Uning rivojlanishiga atrof-muhit sharoitlari ham turtki bo‘ladi: xonadagi quruq havo, tutun, shamol va boshqalar.
Linzalarni taqish ham bunga hissa qo‘shishi mumkin. Linzalardan uzoq vaqt foydalanish natijasida ko‘zlar quruqligi quyidagi hollarda paydo bo‘ladi:
- Kontakt linzalarga to‘g‘ri qaralmagan va tozalanmagan bo‘lsa (masalan, agar siz linzalarni maxsus eritmada emas, balki suvda yuvsangiz, vaqti-vaqti bilan yangi konteyner sotib olmasangiz va eritmani har kuni almashtirmasangiz va h.k.).
- Linzalarni noto‘g‘ri taqish rejimi (masalan, agar siz ularni kechasiga yechib olmasangiz, ularni 12 soatdan ortiq taqib yursangiz, ulardan shamollaganingizda foydalansangiz va h.k.).
- Noto‘g‘ri tanlangan eritma (ba’zi odamlar uning tarkibiga kiritilgan ayrim komponentlarni ko‘tara olmaydi).
- Linzalar tavsiya etilganidan uzoqroq vaqt ishlatilsa (masalan, 2 haftalik linzalarni 14 kundan ortiq taqsangiz).
- Ko‘z yoshi suyuqligi linzalar noto‘g‘ri o‘rnatilishi tufayli to‘g‘ri aylana olmaydi.
- Linza parametrlari noto‘g‘ri tanlangan. So‘z diametr, egrilik radiusi yoki boshqa parametrlar haqida boryapti. Shifokor bemor ko‘zlarining individual xususiyatlariga va taqish sharoitlariga (ish xarakteri, umumiy salomatlik holaati, allergiya va boshqalar) qarab linzalarni tanlaydi.
Agar noxush alomatlar paydo bo‘lsa, oftalmologga murojaat qilishingiz kerak. U quruq ko‘zlarning sababini aniqlaydi va nima qilish kerakligini belgilaydi, xususan: eritmani almashtirish, boshqa linzalarni sotib olish yoki ko‘zlarni namlash uchun maxsus preparatlardan foydalanish.
Sun’iy ko‘z yoshlar quruq ko‘zlarga qarshi kurashishning eng samarali usuli hisoblanadi. Bunday tomchilarning tarkibi tabiiy ko‘z yoshlariga yaqin bo‘lib, noqulaylik alomatlarini tezda bartaraf etishga imkon beradi.