Перейти к основному содержимому

Kontakt linzalarning turlari

Kontakt linzalar – ko‘zoynak taqishni xohlamaydiga va jarrohlik amaliyotiga tayyor bo‘lmagan kishilar uchun ko‘rish qobiliyatini to‘g‘irlashning ajoyib usuli. Ulardan foydalanish oson, narxi hamyonbop, ko‘zga tashlanmaydi va nisbatan xavfsiz. Agar linzalar to‘g‘ri tanlangan bo‘lsa, albatta.

Kontakt linza o‘zi nima

Hozirgi linzalar assortimenti juda katta. Keling, sizga aynan qaysi biri to‘g‘ri kelishini tushunish uchun ularning asosiy farqlarini ko‘rib chiqamiz. Shunday qilib, linzalar quyidagicha bo‘ladi:

Yumshoqlik va qattiqlik nuqtai nazaridan

Qattiq linzalar juda kamdan-kam hollarda va juda iloji bo‘lmagan hollarda qo‘llanadi – masalan, astigmatizmning juda kuchli darajasida. Ular uncha qulay emas, biroq uzoqroq xizmat qiladi. Yumshoq linzalar qulayroq – ular ko‘zlarda deyarli his qilinmaydi.

Almashtirish sanasi bo‘yicha

Kontakt linzalarini taqish muddati qanchalik qisqa bo‘lsa, ular shunchlik xavfsiz bo‘ladi, chunki foydalanish paytida ularning yuzasida infektsiyani qo‘zg‘atishi mumkin bo‘lgan kamroq cho‘kindi va bakteriyalar to‘planadi. Shuning uchun ko‘pchilik oftalmologlar linzalarni 1 dan 4 haftagacha taqish muddati bilan sotib olishni tavsiya qilishadi. Ammo har chorakda almashtiriladigan linzalar (3 oylik) va an’anaviy linzalar (3-6 oylik) ham bor - ular arzonroq, ammo, odatda, tez-tez rejali almashtiriladigan linzalarga qaraganda qalinroq va shu bois ularni taqish unchalik qulay emas.

Qulay va xavfsiz variantlardan har kuni almashtiriladigan linzalardir. Nomidan ham ko‘rinib turibdiki, bu 1 kunlik linzalar. Ular ta‘sirchan ko‘zlarga ega odamlarga juda mos keladi.

Taqish rejimi bo‘yicha

  • Eng ommabop va xavfsiz linzalar – bu bir kunlik linzalardir. Ular kun davomida kiyiladi va kechasi olib qo‘yiladi. Bu muguz pardasining dam olishiga va kislorod almashinuvini tiklashga imkon beradi, chunki hatto eng nozik linzalar ham ko‘zning sirti "nafas olishiga" imkon bermaydi.
  • Moslashuvchan rejim ikki kungacha linzalarni doimiy ravishda taqish imkonini beradi.
  • Uzoq muddatfoydalanish uchun linzalar ham bor – ularni yechmasdan 7 kun taqish mumkin.
  • 30 kun davomida uzluksiz foydalanish uchun mo‘ljallangan linzalar juda kam uchraydi, ular faqat oftalmolog bilan maslahatlashilganidan keyin qo‘llanilishi kerak.
  • Tungi linzalarni kechasi taqib, ertalab yechib olish lozim. Bunday linzalarda 8 soatlik uyqudan keyin ishlab chiqaruvchi foydalanuvchiga kun davomida mukammal ko‘rishni va’da qiladi.

Maqsadi bo‘yicha

Ko‘rish qobiliyatini to‘g‘irlash uchun mo‘ljallangan linzalar optik linzalar, rangli linzalar esa kosmetik linzalar deyiladi.

Sizga qanday kontakt linzalar to‘g‘ri keladi?

Linzalar asosiy muammolaringizni hal qilishi kerak: uzoqni yaxshi ko‘rmaslik, yaqinni yaxshi ko‘rmaslik, astigmatizm holatlarini yoki bu muammolarning kombinatsiyasini to‘g‘irlagan holda yaxshi ko‘rishni ta’minlashi lozim. Albatta, ularni o‘zingiz tanlamasligingiz kerak, chunki linzalarda diametr va egrilikni birlashtirish uchun minglab variantlar mavjud, shu bois oftalmologga tashrif buyurish uchun vaqt va pulni ayamagan ma’qul.

Muammoli ko‘zlar uchun linzalar nimani anglatadi?

  • Astigmatizm uchun - torik linzalar. Ular bir vaqtning o‘zida ko‘rish va astigmatizmni to‘g‘irlashga imkon beruvchi maxsus shaklga ega.
  • Quruqlikka moyil ko‘zlar uchun - namlik darajasi past bo‘lgan yumshoq silikon gidrogel linzalar. Agar quruqlik belgilari kuchli noqulaylik tug‘dirsa, sun’iy ko‘z yoshlari ishlatilishi mumkin, ular linzalarni olib tashlamasdan qo‘llaniladi, masalan, Optinol 0,21%
  • Ko‘zlarda begona jismlarga sezgirlik yuqori bo‘lganida – bir kunlik linzalar.
  • O‘z-o‘zini tashkillashtirish bilan bog‘liq muammolari bo‘lgan odamlar (linzalarni olib tashlash va ularni tozalashga erinadigan kishilar) uchun - xizmat muddati uzaytirilgan linzalar yoki bir kunlik linzalar.
  • Yaqinni ham, uzoqni ham yomon ko‘radigan keksa odamlarga multifokal yoki bifokal linzalar tavsiya etiladi.
  • Ko‘z soqqasida nuqsoni (tikan) bo‘lgan odamlar uchun - ko‘z qorachig‘i va rangdor pardasini imitatsiya qiluvchi linzalar yoki rangli linzalar.

Linzalar qachon paydo bo‘lgan?

Birinchi kontakt linzalar 1888-yilda paydo bo‘lgan, ammo ular shishadan tayyorlangan bo‘lib, juda noqulay edi. 50 yil o‘tgach, AQShda plastik linzalar ixtiro qilindi. O‘zlarining shisha o‘tmishdoshlaridan farqli o‘laroq, ular ko‘zlarga yaxshi joylashgan va sirg‘alik ketmagan, lekin ular baribir ko‘zlarda noqulaylik tug‘dirardi. 1960 yilda bugungi kunda odamlar foydalanadigan linzalarga o‘xshash birinchi yumshoq polimer linzalar Chexiyada ishlab chiqarilgan.

Kontakt linzalarni qo‘llab bo‘lmaydigan holatlar

Qontakt linzalar quyidagi holatlarda qat’iy taqiqlanadi:

  • turli ko‘z kasalliklarida (g‘ilaylik, ko‘z gavharining chiqishi, keratit, glaukoma)
  • ba’zi kasalliklarda (og‘ir shakldagi qandli diabet, OITS, sil)

Quyidagi holatlarda linzalar taqish tavsiya etilmaydi:

  • kuchayish davridagi allergiya va astma kasalligida,
  • atipik pnevmoniyada (O‘RVI)
  • ko‘z infeksiyalarida (konyunktivit va h.k.)
  • individual ko‘tara olmaslik

Ko‘tara olmaslik alomatlariga quyidagilar kiradi:

  • og‘riq, ko‘zlarning sanchishi yoki bosh og‘rig‘i
  • achishish va qichishish
  • ko‘zlar shilliq qavatining yoki qovoqlarning qizarishi
  • ko‘p miqdorda yoshlanish
  • xira ko‘rish
  • yorug‘ga ta’sirchanlik