Перейти к основному содержимому

Ekrandan ko‘z uzmasdan? Ko‘zlar quruqligi bo‘yicha 6 ta maslahat yordamida ularni himoya qiling

Hozirgi raqamli asrda kompyuterlar, smartfonlar va boshqa gadjetlardan foydalanish ko‘zlar salomatligi uchun muammolar tug‘diradi. Ko‘zlar quruqligi sindromi keng tarqalgan muammolardan biri hisoblanadi, shuningdek u quruq ko‘z kasalligi nomi bilan ham tanish. Bu maqolada biz ushbu holat va raqamli qurilmalardan uzoq vaqt uzluksiz foydalanish o‘rtasidagi chuqurroq bog‘liqlikni ko‘rib chiqamiz.

Nega kompyuterda ishlash ko‘zlar quruqligiga  ta’sir ko‘rsatadi?

Odam odatda bir daqiqada ko‘zlarini 15 marta yumib-ochadi. Ammo kompyuter yoki smartfon ekraniga qaraganingizda, 2 marta kamroq yumib-ochasiz - bu muguz pardasida namlik yetishmasligiga va natijada quruqlik, ta’sirlanish va ko‘zlarning tez toliqishiga olib keladi.

O‘tkazilgan tadqiqot kompyuterda 8 soatlik ish kuni ko‘z yoshi pardasi tarkibining o‘zgarishiga olib kelishini isbotladi – unda muguz pardasini himoya qiladigan va namlantiradigan hamda uni mikrojarohatlardan tuzaltiradigan mutsin moddasi sezilarli darajada kamayadi. bunday holat kompyuter foydalanuvchilarining 60% dan ortig‘ida uchraydi.

Quruq ko‘z kasalligini kuchaytiradigan boshqa omillar ham mavjud. Masalan, kontakt linzalar taqish, konditsioner sababli ofisda haqoning quruqligi, yorug‘likning yetarli emasligi, chang yoki organizmda suv yetishmasligi (engil suvsizlanish) shular jumlasidandir.

Kompyuterda ishlaganda qanday qilib ko‘zlar quruqligining oldini mumkin?

Shunday qilib, kompyuterda ishlash ko‘z yoshi pardasining barqarorligi va sifatiga ta’sir qiladi, bu esa ko‘zlar quruqligi kasalligiga olib keladi. Bu holatda nima qilish mumkin?

  • Kompyuter bilan ishlash qoidalariga rioya qiling.
  • Ish kuni davomida ko‘zingizda mashq qilish uchun tanaffus qiling.
  • Ko‘z qulayligi nuqtai nazaridan ish joyini ergonomik tashkil eting.
  • Ko‘zlarni namlash uchun sun’iy ko‘z yoshlardan foydalaning.

1. 20-20-20 qoidasini qabul qiling

Ushbu oddiy mashq zo‘riqish va quruqlikni kamaytirgan holda ko‘z mushaklarini bo‘shashtiradi.

  • Har 20 daqiqada ko‘zingizni monitordan uzing
  • Nigohingizni 20 fut (taxminan 6 metr) masofada jamlang
  • Nigohingizni 20 soniyaga ushlab turing

shuningdek, tanaffus paytida ko‘zlar uchun gimnastika mashqlarini bajarish mumkin: ko‘zlaringizni soat mili bo‘ylab va unga qarshi yo‘nalishda harakatlantiring, ko‘zlarni qo‘llaringiz bilan yoping va qorong‘ida o‘tiring.

2. Kompyuterda ishlash paytida qisqa tanaffuslar qiling 

Bitta uzoq tanaffusdan ko‘ra, 5-7 daqiqalik bir nechta qisqa tanaffuslarni qiling. Biroq kompyuter monitoridan uzoqlashish telefon monitoriga sho‘ng‘ishni bildirmaydi. Ofis bo‘ylab yuring, bir stakan suvni derazadan tomosha qilib iching. Aytganday, yetarlicha suv ichish – suvsizlanish bilan kurashishni bildiradi, suv ko‘zlarning namligiga ta’sir qiladi. Qahva va choy esa, aksincha, suvsizlanishga turtki bo‘ladi, shu bois ularning iste’molini qisqartirgan ma’qul.

3. O‘z ish joyingizni to‘g‘irlang

  • Monitor holati: monitorni cho‘zilgan qo‘l masofasida va ko‘zlar darajasidan biroz pastda o‘rnating.
  • Ekran yorug‘ligi: atrofdagi yorug‘likka qarab ekran yorug‘ligini kamaytiring, kechqurunlari esa «tungi rejim»dan yoki ko‘k rang filtrlaridan foydalaning .
  • Shu’lalar: ekranni to‘g‘ri joylashtirgan va himoya plyonkasidan foydalangan holda, shu’lalardan qoching.

4. Тўғри ўтиринг

Эргономик иш стули тўғри қоматни сақлашга ёрдам беради. У баландлиги бўйича ростланиши ва белни ушлаб туриш учун суянчиғида чиқиб турган жойи бўлиши керак.

Оёқларни чалиштириб ўтирманг: иккала оёқ ҳам полда туриши, тиззалар эса таxминан 90 даража остида букилган бўлиши лозим.

5. Ko‘rish qobiliyatini to‘g‘irlash metodini tanlang

Kontakt linzalar ko‘zlar quruqligini chuqurlashtirishi mumkin. Bu holda linzalarni yupqaroq va namligi kamroq turiga admashtirishga harakat qilib ko‘rish mumkin. Shuningdek, vaqti-vaqti bilan ko‘zoynaklar taqish kerak yoki ko‘rish qobiliyatini lazer yordamida to‘g‘irlash haqida o‘ylab ko‘rish mumkin.

6. Sun’iy ko‘z yoshlari yordamga keladi

Holatni tez yengillashtirish uchun namlantiruvchi ko‘z tomchilarini «qo‘l ostida» saqlang. Ba’zi markalar, masalan, Optinol 0,21% tomchilarini, kontakt linzalar bilan birga qo‘llasa bo‘ladi, ulardan zaruratga qarab foydalanish mumkin.

Ko‘zlarga zarar yetkazmagan holda gadjetlardan qanday foydalanish mumkin 

Agar monitor oldida o‘tkazilgan ish kunidan keyin qo‘lingizdan telefon yoki planshet tushmasa, unda quyidagi maslahatlar ko‘zlaringiz sog‘lig‘ini asrashga yordam beradi:

  • Do‘stlar bilan muloqotda ovozli terish yoki ovozli xabarlardan foydalanib ko‘ring. Shunda ko‘zlar ekranga qamroq qaraydi va zo‘riqadi.
  • Muayyan paytda smartfondan foydalanish imkoniyatini cheklaydigan ilovalarni o‘rnating.
  • Harakatlanish paytida ekranga qaramaslikka harakat qiling.
  • Nadjetlar bilan bog‘liq bo‘lmagan ko‘ngilxushlik/xobbi topishga harakat qiling.
  • Smartfondan qorong‘ida foydalanganda ekranga minimal yorug‘likni o‘rnating.

Xulosa

Ko‘zlar quruqligi raqamli hayotingizni buzishiga yo‘l qo‘ymang. Ushbu oddiy qoidalarga rioya qilgan holda ko‘zlaringizni himoya qilishingiz, unumdorlikni oshirishingiz va texnologiyalar taklif qilayotgan barchasidan rohatlanishingiz mumkin. Esingizda bo‘lsin, agar quruq ko‘z alomatlari o‘tib ketmasa, individual maslahat olish va davolanish uchun oftalmologga murojaat qiling. Ko‘zlaringiz sizdan minnatdor bo‘ladi!