Перейти к основному содержимому

Ko‘zlar bu bebaho ne’mat, ular muhim a’zolardan biri sanaladi. Siz ko‘zlar yordamida atrofdagi hayotni idrok etasiz. Shunga qaramay, ko‘p hollarda ularga beparvo munosabatda bo‘lamiz va hammasini shunday bo‘lishi kerakdan qabul qilamiz. Ko‘rish qobiliyatini va ko‘zlar salomatligini asrash uchun hozirning o‘zidayoq boshlashimiz mumkin bo‘lgan oddiy harakatlar bor.

1. Yetarlicha uxlang va vizual stressdan dam oling 

Agar ishda uzoq vaqt davomida kompyuter oldida o‘tirsangiz, uyda esa kitoblarni telefondan o‘qisaangiz yoki vaqtingizni ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazsangiz, bu juda foydali. Gadjetlarni hech bo‘lmaganda 2 soatga olib qo‘yib, ertaroq uxlashga yotgan ma’qul. Seriallarni tomosha qilish o‘rniga esa vanna qabul qiling, sayr qiling, yengil jismoniy faollik bilan shug‘ullaning.

2. Himoya ko‘zoynaklarini taqing

So‘z nafaqat quyoshdan himoya qiluvchi ko‘zoynaklar haqida bormoqda, lekin ular ham ko‘zlarni zararli ultrabinafsha nurlardan himoya qilish uchun juda muhim. Bunday ko‘zoynaklarni faqat yozda, quyoshli kunda emas, balki qishda, masalan, tog‘-chang‘i kurortiga otlanganda ham taqish zarur.

  • Solyariyda toblanish uchun ultrabinafsha nurlardan himoyasi bor maxsus ko‘zoynaklar taqish kerak.
  • Agar basseynga borsangiz, sizga suzish uchun ko‘zoynaklar kerak bo‘ladi.
  • Bog‘da va qurilishda ishlaganda, maxsus himoya ko‘zoynaklaridan foydalanish lozim.
  • Avtomobilni boshqarganda shu’lalanishga qarshi maxsus ko‘zoynaklar yoki haydovchilar uchun boshqa turdagi ko‘zoynaaklardan foydalanish zarur.

3. Chekishni tashlang

Kashandalik katarakta, quruq ko‘z sindromi va makulyar denegeratsiya rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Ushbu zararli odatdan qanchalik erta voz kechsangiz, asoratlar rivojlanishi xavfi shunchalik past bo‘ladi.

4. Kontakt linzalarni taqish qoidalariga rioya qiling 

Linzalardan yo‘riqnomaga muvofiq foydalaning: ular bilan uxlamang, o‘z vaqtida almashtiring, ularning yuzasini va saqlash uchun konteynerni tozalang.

5. Ko‘zlar uchun sifatsiz va muddati o‘tgan kosmetikadan foydalanmang

Patogen bakteriyalar suyuq teksturalar  - kremlar, podvodkalar, kipriklar uchun tushlarni juda «yaxshi ko‘radi». Shu bois muddati o‘tib ketgan ko‘zlar uchun kosmetikadan foydalanmaslikka harakat qiling. Agar konyunktivitni boshdan kechirgan bo‘lsangiz, unda tush va suyuq tenlarni yangisiga almashtiring. Makiyajga doir yana bir nechta qoidaga rioya qiling:

  • Uxlashdan oldin makiyajni albatta tozalang.
  • Begonalarning kosmetikasidan va do‘konlardagi tush yoki tenlarning sinab ko‘rish uchun namunalaridan foydalanmang.
  • Ko‘zlarni ichki qovoq chizig‘i bo‘ylab bo‘yamagan ma’qul.

6. Yuqori darajada jadal bo‘lgan jismoniy yuklamalardan voz keching

Sportning jadal turlari (og‘ir atletika, krossfit) va yakkakurashlarning ayrim turlari (boks, kikboksing) ko‘zlarida yashirin kasalliklari bo‘lgan kishilar uchun zararli bo‘lishi va to‘r pardasining ajralishiga olib kelishi mumkin. Qo‘l-oyoqlar chigalini yaxshilab yozgan holda mo‘tadil jismoniy faollik esa (yurish, yugurish, suzish, chang‘ida yurish), aksincha, qon aylanishini yaxshilaydi va ko‘rish qobig‘ini faollashtirishga yordam beradi*.

7. Ratsioningizga ko‘zlar uchun foydali bo‘lgan mahsulotlarni kiriting

Ko‘zlarning salomatligi tarelkadagi ovqatdan boshlanadi. Omega-3 yog‘ kislotalari, lyutein, rux hamda C va E vitaminlari kabi foydali moddalar ko‘rish qobiliyati bilan bog‘liq ko‘plab muammolarning oldini olishga yordam beradi. Ular quyidagi mahsulotlarda mavjud:

  • Yashil bargli sabzavotlar: ismaloq, karam
  • Losos balig‘i, tunets balig‘i va boshqa yog‘li baliklar
  • Tuxum, yong‘oq, dukkaklilar va boshqa oqsil manbalari
  • Apelsinlar va boshqa tsitrus mevalari
  • Ustritsalar va cho‘chqa go‘shti

8. Ko‘zlar quruqligini kamaytiruvchi preparatlardan foydalaning

Kontakt linza taquvchi kishilar, kompyuter oldida ko‘p o‘tiradigan ofis xodimlari va lazerli korrektsiyani boshdan kechirgan bemorlar ko‘zlar quruqligi muammosiga duch kelishadi. Ko‘z tomchilari yoqimsiz alomatlarni bartaraf etishga va muguz pardasidagi xavfli jarayonlarni to‘xtatishga qodir.

*Miyaning vizual axborotga ishlov berish uchun javobgar bo‘lgan qismi.