Перейти к основному содержимому

Tez-tez beriladigan savollar

Optinol – bu tarkibida konservantlar bo‘lmagan sun’iy ko‘z yoshlari, ular ko‘zlar quruqligi bilan bog‘liq buzilishlarni yengillashtiradi. 

Ko‘z quruqligi – bu ko‘z yoshining suv komponentli yetishmasligi va/yoki noraso yosh pardasi keltirib chiqaradigan ko‘rish qobiliyatining buzilishi.  Mezonlarga qarab ko‘z quruqligining ko‘plab ta’riflari mavjud, biroq ko‘z yoshi yetishmovchiligi yoki ularning haddan tashqari ko‘p bug‘lanishi sababli kelib chiqqan yosh pardasining buzilishi (bu ko‘z yuzasining ehtimoliy shikastlanishiga va ko‘rish qobiliyatining subуektiv buzilishlariga olib kelishi mumkin) sifatida tavsiflanadigan ta’rifi qo‘llanadi.

Buning sabablari turlicha bo‘lishi mumkin:

  • Kompyuterda uzoq vaqt davomida ishlash
  • Kontakt linzalar taqish, ko‘zlarda amalga oshirilgan jarrohlik amaliyoti, ko‘zlar jarohatlanishi yoki ko‘zda begona jismning borligi
  • Atrof-muhit (markaziy isitish tizimi, konditsionerlar, fluorestsent chiroqlar, tutun va shamol)
  • Ko‘z yoshi yetishmovchiligi yoki ularning ko‘p miqdorda bug‘lanishi saababli kelib chiqqan yosh pardasining buzilishi
  • Qarish
  • Jins (homiladorlik davridagi, ko‘krak bilan emizish davridagi gormonal o‘zgarishlar,  ayollardagi menstruatsiyalar yoki menopauza)
  • Dorilar (antidepressantlar, yuqori qon bosimi, homiladorlikka qarshi vositalar)
  • Kasalliklar (revmatoidli artrit, diabet, astma, qalqonsimon bez kasalliklari, glaukoma).

Ikkita asosiy maqsad mavjud:

  • buzilishlarni yengillashtirish va, buning natijasida, patsientning hayot sifatini oshirish
  • superinfeksiya yoki chandiqlar hosil bo‘lishi kabi ehtimoliy asoratlarning oldini olish.

Odamlarning ko‘pchiligi ko‘z quruqligidan jabrlanadi. Bu juda noxush holat, u ko‘plab sabablarga ko‘ra yuzaga kelishi mumkin. Bu sabablar 3-bo‘limda sanab o‘tilgan. Agar siz achishish, tirnalish, noqulaylik yoki ko‘zingizga qum tushganday his qilsangiz, sizda ko‘z quruqligi kasalligi borligi ehtimoli yuqori. Optinol ko‘z tomchilari bunday buzilishlarni yengillashtirishi mumkin, biroq aniq diagnoz qo‘yish uchun oftalmologga murojaat qilishingiz lozim.

Ha, agar shifokoringiz boshqasini ko‘rsatmagan bo‘lsa, Optinol tomchilarini qo‘llashingiz mumkin. Agar kontakt linza taqsangiz, ularni taqib yurgan paytingizda Optinol 0,4% qalinligi sababli Optinol ko‘z tomchilaridan foydalanishni tavsiya qilmaymiz. Optinol 0,21% va Optinol INTENSIV preparatlari kontakt linzalar taqilganida foydalanish uchun ko‘proq to‘g‘ri keladi. Agar ko‘zlaringiz juda quruq bo‘lsa va Optinol 0,4% dan foydalanishni istasangiz, uni kontakt linza yechilganidan keyin qo‘llang, ideal holatda esa uyqudan oldin foydalaning.

Alomatlarning namoyon bo‘lish darajasiga, quruqlik sababi va kontakt linzalar taqishingiz yoki taqmasligingizga qarab, o‘zingiz uchun ideal bo‘lgan preparatni tanlashingiz kerak. Bunda sizga Web-sahifamizdagi diagnostika uchun vosita (havola) yordam beradi.

Qisqa qilib aytganda:

  • Optinol 0,21%, ko‘zlar quruqligining zaif va o‘rtacha namoyon bo‘lgan alomatlarini bartaraf etish uchun mo‘ljallangan, kontakt linza taqadigan kishilar uchun mos keladi.
  • Optinol 0,4%, ko‘zlar quruqligining og‘rirroq alomatlarini davolash uchun mo‘ljallangan. Kontakt linza taqadigan kishilar uchun mos kelmaydi. Tungi paytda qo‘llash uchun ideal mos keladi.
  • Optinol INTENSIV kompyuterda uzoq vaqt ishlaganda va ko‘zlar ta’sirlanishida ko‘zlar quruqligining zaif va o‘rtacha namoyon bo‘lgan alomatlarini bartaraf etish uchun mo‘ljallangan. U ko‘zlar mexanik shikastlanish natijasida ta’sirlanganganida (kontakt linzalar, begona jism, diagnostika protseduralari...) juda foydali. Kontakt linza taqadigan kishilarga mos keladi.

Ko‘z tomchilarini patsiуentning ehtiyojlariga qarab, kuniga bir necha marta qo‘llash mumkin. Har safar ko‘zlarga 1-2 tomchi tomizing va tomchilar ko‘z yuzasida bir tekis taqsimlanishi uchun bir necha marta ko‘zlaringizni yumib-oching. Ko‘z tomchilarini cheklanmagan miqdorda qo‘llash mumkin, chunki ularning tarkibida konservantlar yo‘q va shu bois ular ko‘z uchun zararli emas.

Optinol ko‘z tomchilarining tarkibida yuqori sifatli natriy gialuronati mavjud bo‘lib, u yosh pardasini namlantiradi, moylaydi va normallashtiradi.

Optinol INTENSIV tarkibida natriy gialuronati hamda ko‘z yuzasini regeneratsiyalaydigan va himoya qiladigan dekspantenol mavjud.

Ushbu preparat ko‘plab noyob xarakteristikalarga ega:

  • Ko‘z quruqligining turli darajalariga moslashish
  • Konservantlar mavjud emas
  • Foydalaanish uchun xavfsiz
  • Tez natija
  • Ochilganidan keyin 6 oygacha foydalanish imkoniyati
  • Bolalar uchun mos keladi
  • Innovatsion applikator

Konservantlar preparatning yaroqlilik muddatini uzaytirish uchun qo‘llanadi. Biroq, shu bilan birga, ular ehtimoliy ta’sirlantiruvchi vosita ham hisoblanadi. Bakteriyalar esa preparatning asosiy ifloslanish va uning xususiyatlarining o‘zgarishi sababchisi sanaladi. Optinol preparatlari maxsus pompasi tufayli bakteriyalardan himoyalangan holda bo‘ladi, bunda ular flakon ichiga tusha olmaydi. Shu tarzda preparat uzoq vaqt foydalanganda ham xavfsiz bo‘lib qoladi, ko‘zlar konservantlar sababli ta’sirlanishi ehtimolining esa oldi olinadi.

Ko‘z tomchilarini tomizish asosan ko‘zlarning tabiiy himoya refleksi sababli noxush ish bo‘lishi mumkin. Preparat o‘ramidagi axborot broshyurasida ko‘z tomchilarini qanday qilib oson tomizish ko‘rsatilgan. Pompa tomchilarga muntazam shakllanishga yordam beradigan va bu bilan keraksiz chiqindilar va to‘kilishlarning oldini oladigan tarzda ishlab chiqilgan.

Albatta. Kontakt linzalardan foydalanuvchi patsiуentlarga Optinol 0,21% preparatini tavsiya etamiz, uni bevosita kontakt linzaga tomizish mumkin, preparat uni namlantiradi va taqishni yengillashtiradi. Ko‘zlar ta’sirlanishi yoki zo‘riqishi holatida biz Optinol INTENSIV yordamida ko‘zlarni qo‘shimcha parvarish qilishni tavsiya qilamiz. U ko‘zlarning shikastlangan yuzasini namlantiradi va tiklaydi. Biz kontakt linza taqadigan patsiуentlarga  Optinol 0,4% preparatini tavsiya etmaymiz, biroq siz undan kontakt linzalarni yechib olgandan so‘ng ko‘zlarni tun davomida jadal namlantirish uchun foydalanishingiz mumkin.

Biz shikoforingiz bilan maslahatlashishni tavsiya qilamiz, u terapiyangizga qo‘shimcha ravishda ushbu ko‘z tomchilaridan qanday foydalanishni aytadi. Sun’iy ko‘z yoshini qo‘llashdan oldin dorini ko‘zga tomizgandan keyin kamida 15 daqiqa kutib turing. Optinol preparatlari terapiyangiz sababli yuzaga kelgan quruqlik hissini bartaraf etadi.  

Bu normal holat, uni biz inobatga olganmiz. Har bir holatda pompa qadoqda ko‘rsatilgan miqdordagi barcha tomchilarni chiqarib beradi. Tomchilarning qolgan miqdori dorini haydash tizimi to‘g‘ri ishlashi uchun zarur.

Ha, ayrim patsiуentlarda ko‘rish qobiliyatining qisqa muddatli xiralashishi kuzatilishi mumkin. Uning davomiyligi va jadalligi individual bo‘lib, tez o‘tib ketadi. Tomchilar kiritilganidan keyin ular ko‘zlar yuzasi bo‘ylab tarqalishi uchun ko‘zlarni bir necha marta yumib-ochish tavsiya etiladi.

Optinol preparatini qo‘llash uchun yosh bo‘yicha cheklovlar yo‘q. Ko‘z tomchilari bolalarda qo‘llanganida, bu jarayon kattalar tomonidan nazorat qilinishi kerak. Preparatni bolalarning qo‘li yetmaydigan joyda saqlash zarur.