Buni qanday bilish mumkin
Ko‘p miqdorda ko‘z yoshi oqishi ko‘zlar quruqligining ilk belgilaridan biri hisoblanadi, bu bilan ko‘zlar yuzalarda beqaror yosh pardasi sababli paydo bo‘lgan quruq sohalarni himoya qilmoqchi bo‘ladi. Boshqa alomatlar orasida qichishish, achishish, sanchiq, tirnalish, begona jism yoki ko‘zlarda noqulaylik tug‘diradigan boshqa belgilar mavjud.
Ishda yoki uyda ekranga haddan tashqari ko‘p qarash, quruq havo, quyosh, shamol, kontakt linzalardan foydalanish yoki dorilar qabul qilish ham ko‘zlar quruqligini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan omillar hisoblanadi.
Agar alomatlarga e’tibor qaratib, ularni o‘z vaqtida bartaraf etish boshlansa, ushbu kasallik rivojlanishining oldini olish mumkin, biroq ko‘pchilik bu belgilar haqida bilmaydi va ularga yetarlicha e’tibor qaratmaydi. Shunday qilib, kasallik rivojlanib boradi, shu bois boshqa kasalliklarda bo‘lgani kabi profilaktika eng yaxshi tanlov sanaladi.