Zudlik bilan shifokorga murojaat qilishni talab qiladigan 10 ta muammo
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 2,2 mlrd kishi ko‘rish qobiliyatining buzilishi bilan yashaydi. Ushbu holatlarning yarmidan ko‘pining oldini olish yoki ularni hal qilish mumkin.
Mana shuning uchun ham oftalmolog ko‘rigidan muntazam o‘tish zarur. Agar siz quyidagi alomatlarning birortasini sezsangiz, darhol shifokorga murojaat qiling.
1. Qizarish
Agar qizarish bir vaqtning o‘zida ikkala ko‘zda kuzatilsa, bu shamollash yoki konyunktivit belgisi bo‘lishi mumkin. Faqat bir ko‘zning qizarishi chuqurroq yallig‘lanishga, masalan sklerit yoki uveitga ishora qilishi mumkin. Sklerit – bu ko‘zning tashqi himoya membranasining yallig‘lanishi, uveit esa – ko‘z soqqasi o‘rta qatlamining yallig‘lanishi va shishishi.
Agar ko‘z oqi yorilgan kon tomirlari setkasi bilan qoplangan bo‘lsa va qizil hamda yallig‘langan bo‘lib ko‘rinsa, bu toliqish, yetarlicha uxlamaslik yoki allergiya sababli bo‘lishi mumkin.
2. Ko‘zlardagi og‘riq va yorug‘likdan qo‘rqish
Ko‘zlardagi og‘riqni glaukoma, quruq ko‘z kasalligi, muguz parda jarohati yoki hatto ko‘z saratoni keltirib chiqarishi mumkin. Yorug‘likdan ko‘rqish bilan birga kechadigan kuchli spazmlar virusli yoki bakterial konyunktivitga ishora qilishi mumkin. Virusli konyunktivit ko‘zlar «shamollashi»ga o‘xshaydi, u juda yuqumli. Bakterial konyunktivit antibakterial ko‘z tomchilari bilan davolashni talab qiladi.
Bundan tashqari, og‘riq va noqulaylik hissi ko‘zga begona jism tushishi sababli ham sezilishi mumkin.
3. Ko‘zdagi yiringli ajralmalar
Yiringli ajralmalar odatda bakterial konyunktivitdan dalolat beradi. Ko‘zlardan ajralma kelishi ayniqsa ertalablari jadal bo‘ladi. Ko‘zlardagi yiringning boshqa ehtimoliy sabablri: ko‘z gerpesi, zmburug‘li keratit, muguz prdasi yarasi, govmichcha.
4. Shabko‘rlik
Qorong‘ida biror narsani ko‘rish qiyin bo‘ladigan holat ana shunday deb ataladi. Masalan, tunda avtomobil haydash yoki qorongi kinoteatrda o‘z joyini izlash. Shabko‘rlik tug‘ma muammo bo‘lishi mumkin, yoki uzoqni ko‘ra olmaslik, katarakta, keratokonus yoki A vitamini yetishmovchiligi kabi turli kasalliklar fonida rivojlanishi mumkin.
5. Buyumlarni yaqindan ko‘rish qiyinligi
Agar odam uzoq masofadagi buyumlarni yaxshi ko‘rsa, biroq yaqindagi buyumlarni va matnni ajrata olmasa, bu 40 yoshdn keyin rivojlanadigan presbiopiya alomati bo‘lishi mumkin.
6. Suzib yuruvchi dog‘lar, ko‘zlar oldidagi qora nuqtalar, qora dog‘lar
Ko‘pchilik odatda juda quyoshli kunda yaxshi yoritilgan xonada yoki tashqarida ko‘zlarida mayda dog‘larni ko‘radi - bu odatiy, vaqti-vaqti bilan sodir bo‘ladigan holat. Ammo ba’zida bu jiddiy ko‘z muammosining belgisi bo‘lishi mumkin, masalan, ko‘z to‘rining ajralishi. Odatda, bu alomat periferik ko‘rishda yorug‘lik chaqnashi yoki quyuq soyalarning hissi bilan birga kechadi. Ko‘z to‘rining ajralishiga uzoqni yaxshi ko‘ra olmaslik, glaukoma va ko‘zlarning jismoniy shikastlanishi sababchi bo‘lishi mumkin. Bunda shoshilinch davolash, odatda jarrohlik maliyoti talab qilinadi, aks holda ko‘z to‘rining ajralishi ko‘rlikka olib kelishi mumkin.
7. Ko‘zlardagi quruqlik va qum hissi
Odatda bu ko‘zlar quruqligi kasalligidan dalolat beradi. U ko‘z yoshi yetishmasligi yoki ularning tez bug‘lanishi natijasida ko‘z yuzasining yaxshi namlanmasligi sababli yuzaga keladi. Bu ko‘zda begona jism borligi hissi va achishish bilan birga kechishi mumkin. Agar bu holatga uzoq vaqt davomida beparvolik bilan qaralsa, u muguz pardasida chandiqlar paydo bo‘lishiga va ko‘rish qobiliyatining yo‘qolishiga olib kelishi mumkin.
8. Ko‘zlarning nazorat qilib bo‘lmaydigan haddan tashqari ko‘p yoshlanishi
Yorug‘lik, shamol yoki harorat o‘zgarishiga individual sezgirlikka ishora qilishi mumkin. Bunday holda, ko‘zlar himoyaga muhtoj bo‘ladi, masalan, quyoshdan saqlaydigan ko‘zoynak taqish zarur.
O‘rtacha yoshlanish gul changiga, hayvonlarning juniga yoki boshqa biror narsaga reaktsiya natijasida allergik konyunktivit belgisi bo‘lishi mumkin. Antigistaminlarni qabul qilgandan keyin u to‘xtatishi kerak.
Nazorat qilib bo‘lmaydigan yoshlanish ko‘z infektsiyasi yoki ko‘z yoshi kanalining tiqilib qolishi kabi jiddiyroq muammolardan signal berishi mumkin
9. Xira ko‘rish
Ko‘rish qobiliyatining vaqtincha va/yoki to‘satdan xiralashishi glaukoma, uveit, ko‘z to‘rining uzilishi yoki ko‘z to‘ri distrofiyasining belgisi bo‘lishi mumkin. Bir ko‘zda ko‘rish qobiliyatining yo‘qolishi insult yoki yaqinlashayotgan migren alomati bo‘lishi mumkin.
10. Ko‘zlarning «uchishi»
Juda keng tarqalgan, odatda, zararsiz alomat bo‘lib, o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi va davolashni talab qilmaydi. Ko‘zlarning «uchishi» quyidagilar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin:
- ko‘p miqdorda alkogol, kofein yoki nikotin iste’moli
- toliqish va stress
- to‘yib uxlamaslik