Ko‘zlar quruqligi muammosi ko‘proq kontakt linza taqadigan odamlarda uchraydi
Zamonaviy turmush tarzi, jumladan, konditsionerli xonalarda uzoq vaqt bo‘lish, uzoq vaqt kompyuterda ishlash va ekranga qarash, umumiy holat va ko‘z sog‘lig‘iga ta’sir qilishi mumkin, bu quruq ko‘z sindromining rivojlanishiga ham turtki bo‘ladi.
Kontakt linza taqadigan kishilar alomatlar orasida ularni bir necha soatdan ko‘proq taqishning iloji yo‘qligi, ko‘zlar quruqligi, noqulaylik va ko‘zda begona jism yoki qum borligi hissini qayd etishadi.
Har qanday noqulaylikda linzalarni yechish zarur, agar noqulaylik davom etsa, oftalmologga murojaat qilish tavsiya etiladi. Bu juda zarur, chunki zararsiz bo‘lib ko‘rinadigan "quruq ko‘z" jiddiy asoratlar, ayniqsa muguz pardasi infeksiyalari xavfini oshirishi mumkin.