Перейти к основному содержимому

«Ko‘zlar toliqishi» nima?

Ko‘zlarning zo‘riqishi – bu ko‘zlar jadal ishlashdan toliqqanida, masalan komryuterda uzoq vaqt ishlaganda yoki uzoq masofalarga avtomobil haydaganda yuzaga keladigan keng tarqalgan holat.

Hero - Tired eyes
Ko‘zlarning zo‘riqishi quyidagi alomatlarni o‘z ichiga oladi:

Ko‘zlarning zo‘riqishi quyidagi alomatlarni o‘z ichiga oladi:

  • ko‘zlardagi og‘riq, charchash, achishish yoki qichishish
  • yosh oqayotgan yoki quruq ko‘zlar
  • ko‘rish qobiliyatining noaniqligi yoki narsalarni ikkita ko‘rish
  • bosh og‘rig‘i
  • bo‘yin, yelka yoki orqa yelkadagi og‘riqlar
  • yorug‘ga yuqori darajada ta’sirchanlik (fotofobiya)
  • diqqatni jamlash bilan bog‘liq qiyinchiliklar
  • ko‘zlarni ochiq holatda ushlab turolmaslik hissi.
Ko‘zlar zo‘riqishining keng tarqalgan sabablariga quyidagilar kiradi:

Ko‘zlar zo‘riqishining keng tarqalgan sabablariga quyidagilar kiradi:

  • raqamli qurilmalarning ekranlariga uzoq vaqt qarash
  • ko‘zlarga dam olish uchun tanaffus qilmasdan mutolaa qilish
  • uzoq masofalarga avtomobil haydash va uzoq vaqt diqqatni jamlashni talab qiladigan boshqa faoliyat turlari
  • kuchli yorug‘lik yoki shu’lalar ta’siri
  • ko‘zlarning juda past yorug‘likdan zo‘riqishi
  • ko‘zlar quruqligi va to‘g‘irlanmagan ko‘rish qobiliyati kabi asosiy ko‘z muammolari
  • stress yoki charchoq
  • ventilyatorlar, isitish tizimlari yoki konditsionerlardan keladigan quruq havo ta’siri.
Kompyuter va raqamli qurilmalardan foydalanish

Kompyuter va raqamli qurilmalardan foydalanish

Kompyuterlar va boshqa raqamli qurilmalardan uzoq vaqt foydalanish ko‘zlar zo‘riqishining eng keng tarqalgan sabablaridan biri hisoblanadi. Amerika optometristlar assotsiatsiyasi buni kompyuterga qarash sindromi deb ataydi. Shuningdek, uni ko‘zlarning raqamli zo‘riqishi deb ham atashadi. Kuniga ko‘p soatlar davomida ekranga tikiladigan odamlarda ushbu kasallikning rivojlanish xavfi yuqori.

Kompyuterda ishlash ko‘zlar bosma materiallarni o‘qishdan ko‘ra ko‘proq zo‘riqtiradi, chunki odamlar quyidagilarga moyil bo‘ladi:

  • Kompyuterda ishlayotganda ko‘zlar kamroq yumib-ochiladi, yumib-ochish esa ko‘zlarni namlantirish uchun zarur
  • Raqamli ekranlarga masofadan yoki ideal bo‘lmagan burchakdan qaraydi
  • Shu’lalanuvchi yoki aks ettiruvchi qurilmalardan foydalanishadi
  • Matn va fon o‘rtasida past kontrastli qurilmalardan foydalanishadi
  • Ba’zi hollarda, ko‘z mushaklaridagi nomutanosiblik yoki to‘g‘irlanmagan ko‘rish qobiliyati kabi asosiy ko‘z muammosi kompyuterga qarash sindromini keltirib chiqarishi yoki uni chuqurlashtirishi mumkin.
Alomatlarni qanday yengillashtirish mumkin

Alomatlarni qanday yengillashtirish mumkin

Ko‘zlarning zo‘riqishi jiddiy yoki uzoq muddatli oqibatlarga ega emas, biroq u vaziyatni chuqurlashtirishi va noqulaylik tug‘dirishi mumkin. U charchoqni keltirib chiqarishi va diqqatni jamlash qobiliyatini pasaytirishi mumkin.

Hayot tarzining o‘zgarishi va ko‘zlar salomatligi haqida kundalik g‘amxo‘rlik ko‘zlar toliqishi alomatlarini sezilarli darajada yengillashtirishi mumkin. Ko‘zlar quruqligiga qarshi tomchilardan muntazam foydalanish ham bunda yordam beradi.

Bizning tavsiyamiz