Перейти к основному содержимому

Kon’yunktivit nima, uni nima keltirib chiqaradi

Konyunktivit yoki konyunktivaning (ko‘zni himoya qiluvchi shaffof membrana) yallig‘lanishi turli shakllarda kechadi va yosh oqishi bilan kechadigan yengil yallig‘lanishdan tortib, to‘qimalarning shikastlanishiga olib keladigan og‘ir yallig‘lanishgacha bo‘ladi.

Konyunktivit
Konyunktivit sabablari

Konyunktivit sabablari

Konyunktivitning sabablari turli bo‘lib, uning alomatlari ko‘zlarga shamol, chang, tutun, kompyuterda uzoq vaqt ishlash va hokazolar kabi tashqi omillar ta’sirida paydo bo‘lishi mumkin. Allergiya va infeksiyalar ham konyunktivitning sabablari bo‘lishi mumkin.

Ayniqsa kontakt linzalar taquvchi odamlar ta‘sirchan guruh hisoblanadi. Agar ko‘zlar kuchli qizarsa va yallig‘langan bo‘lsa, ular darhol linzalarni olib tashlashlari va shifokorga murojaat qilishlari kerak.

Konyunktivit turlari

Konyunktivit turlari

Allergik konyunktivit yuqmaydi, uning eng ko‘p uchraydigan sababi – gul changlari, hayvonlarning juni va kosmetika. u ko‘pincha mavsumiy xarakterga ega bo‘ladi.
Infeksion konyunktivitni viruslar keltirib chiqaradi, u asosan kontakt orqali yuqadi.

Konyunktivitga chalingan odamdan yuvilmagan qo‘llar yoki umumiy sochiqlar orqali osongina yuqadi. Shuningdek, u yo‘talganda yoki aksa urganda ham yuqishi mumkin.

Bolalarda qanday qilib konyunktivitning oldini olish mumkin

Bolalarda qanday qilib konyunktivitning oldini olish mumkin

Bolalarda infeksion konyunktivit odatda iflos qo‘llar yoki aksa urish orqali yuqadi. Kamdan kam hollarda ko‘z yoshi kanallarining torayishi bunga sabab bo‘lishi mumkin.

Bolalar ham ko‘pincha allergik konyunktivitdan aziyat chekadi, buni shishgan ko‘z qovoqlari va qichishish orqali bilib olish mumkin. Eng ko‘p uchraydigan sabablari chang, sochlar, gul changi va boshqalarga allergik reaksiyalardir. Eng yaxshi profilaktika – iflos qo‘llar bilan ko‘zlarga teginmaslik uchun qo‘llarni tez-tez yuvish.

Eng keng tarqalgan alomatlari va ularni yengillashtirish usullari

Eng keng tarqalgan alomatlari va ularni yengillashtirish usullari

Eng keng tarqalgan alomatlari:

  • qichishish
  • qizarish
  • achishish
  • ko‘zda begona jism borligi hissi
  • shishgan qovoqlar.

Simptomatik terapiya amalga oshiriladi, u klinik belgilarning namoyon bo‘lish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Sun’iy ko‘z yoshlari kuchsizroq alomatlarda chiqishish, qizarish va achishishni kamaytirgan holda yordam berishi mumkin.

Bizning tavsiyalarimiz