Quruq ko‘z kasalligi v qizil ko‘z sindromi orasidagi farq nimada
Ayrim belgilari o‘xshashiga qaramasdan quruq ko‘z kasalligi va qizil ko‘z sindromi – bu turli holatlardir. Ular quyidagilari bilan farq qiladi.
Quruq ko‘z kasalligi va qizil ko‘z sindromining alomatlari
Ish kuni yakunida va jadal vizual yuklamalardan keyin paydo bo‘ladigan ko‘zlar quruqligi hissi noqulaylik, chiqishish, achishish quruq ko‘z kasalligining yaqqol belgisi hisoblanadi. Ko‘z oqlarining o‘rtacha qizarishi va yoshlanish ham paydo bo‘lishi mumkin.
Qizil ko‘z sindromining asosiy belgilariga qon tomirlarining ko‘rinib qolishi va ko‘zning qizarishi (giperemiyasi), konyunktivaning shishishi va ta’sirlanishi kiradi. Ko‘rish o‘tkirligining pasayishi, yorug‘likdan qo‘rqish, qichishish, noqulaylik, og‘riq, yoshlanish kabi boshqa belgilar ham ko‘pincha SCG bilan birga kechishi hamda ko‘proq yoki kamroq darajada ifodalanishi mumkin.
Ular nega paydo bo‘ladi?
Quruq ko‘z kasalligi tabiiy ko‘z yoshlari yetarli darajada ishlab chiqarilmaganida yoki tez bug‘langanida paydo bo‘ladi. Ko‘zning yuzasi yetarli darajada namlanmaydi, bu esa noqulaylik tug‘diradi. Ko‘z yoshi pardasiga turli omillar salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ammo asosiylari quyidagilar:
- vizual yuklamaning uzoq davom etishi (kompyuterda ishlash, gadjetlardan foydalanish, past yorug‘likda o‘qish);
- qandli diabet, gipotireoz kabi surunkali kasalliklar;
- bir qator tizimli va topik dori vositalaridan foydalanish;
- homiladorlik, laktatsiya va menopauza davrida ayol organizmidagi gormonal muvozanatning buzilishi;
- keksayish;
- ko‘z jarrohligi;
- ko‘z jarohatlari.
Qizil ko‘z sindromi - bu ko‘z yuzasida mayda tomirlarning kuchli kengayishi va qon bilan to‘lishi bilan namoyon bo‘ladigan mikrotsirkulyatsiyaning buzilishi. Qoida tariqasida, bu bezovta qiluvchi yuqumli bo‘lmagan omillar ta’siri ostida sodir bo‘ladi, bular: kuchli shamol, ayniqsa qum va changli shamol, havodagi tutun va chang, dud, yorqin quyosh nurlari, havoning konditsionerlanishi, sigareta tutuni, tajovuzkor maishiy va kosmetika vositalaridan foydalanish, kichik begona zarralar bilan kontakt, kontakt linzalarning mexanik ta’siri va haddan tashqari kuch yuklamalari. SCG ga ko‘p hollarda ham mavsumiy (gul changi polinozlari va gullash), ham yil davomidagi (uy kanalariga, hayvon jundariga va boshqalarga allergiya) allergik rinit va rinokonyunktivit ham hamroh bo‘ladi.
Shunisi e’tiborga loyiqki, ko‘pincha "qizil ko‘z" sindromi "quruq ko‘z" sindromi fonida rivojlanadi. Va aksincha, SCH tarkibiga konservantlar (masalan, benzalkoniy xlorid) kiruvchi ko‘z tomchilari bilan davolanganida, ko‘zlr quruqligi rivojlanishi mumkin.