Ko‘zlar chiqishi va qizarishidan qanday xalos bo‘lish mumkin?
Ko‘zlarning tiniq ko‘rishi quruq havo, fiziologik reaksiyalar, ekranlarga uzoq vaqt qarash, chang yoki gul changlarm va begona jismning tushishi bilan buzilishi mumkin. Hammamiz vaqti-vaqti bilan ko‘zlar qichishi, qizarishi muammolariga duch kelamiz, biroq ularni e’tiborsiz qoldirmaslik kerak, chunki ular ba’zida hal qilinishi kerak bo‘lgan sog‘liq bilan bog‘liq boshqa muammolarga ishora qilishi mumkin.
Ko‘zlar qichishi v qizarishini nima keltirib chiqaradi?
Ko‘zlarning qizarishi va qichishi ko‘p odamlar allergiya yoki kontakt linzalar bilan bog‘laydigan va e’tiborsiz qoldiradigan noxush alomatlardir. Biroq, ko‘zlardagi har qanday o‘zgarishlar jiddiy qabul qilinishi kerak, chunki qizarish va qichishishni keltirib chiqaradigan ko‘plab kasalliklar mavjud.
Ko‘zlarning qizarishi qon tomirlarining kengayishi tufayli yuzaga keladi. Allergiya, infektsiyalar va ko‘zdagi begona jismga qo‘shimcha ravishda ularga yuqori qon bosimi yoki uning keskin o‘zgarishi, og‘ir jismoniy zo‘riqish, kuchli aksa urish va yo‘tal, shuningdek quyoshda yoki konditsioner ostida uzoq vaqt bo‘lish sababchi bo‘lishi mumkin.
Allergiyadan tashqari, qichishishni shaxsiy gigiуena vositalari, makiyaj, ekranga uzoq vaqt qarash sababli ko‘zning tez toliqishi, ko‘zni namlash uchun sifatli ko‘z tomchilarining yo‘qligi, ko‘z qovoqlarining yallig‘lanishi va periokulyar dermatit (qovoqlar qichishi, toshma va ko‘zlar atrofidagi terining qalinlashishi uning alomatlari hisoblanadi) ham keltirib chiqarishi mumkin.
Ko‘z tomchilari - ha yoki yo‘q?
Ko‘z muammolaridan aziyat chekuvchi bemorlar ko‘pincha retseptsiz ko‘z tomchilari orqali najot topishadi. Biroq, barcha ko‘z tomchilari bir xil emas va ular ko‘zlardagi barcha muammolari ham to‘g‘ri kelavermaydi.
Xatoga yo‘l qo‘ymaslik va, masalan, glaukoma, quruq ko‘z yoki boshqa kasallikning muhim alomatini bostirish maqsadida ko‘z tomchilarini qo‘llamaslik uchun, farmatsevtga o‘z his-tuyg‘ularingiz haqida aytib berishni unutmang, shunda u alomatlar asosida tomchilarni qo‘llash qay darajada o‘zini oqlashi yoki oqlamasligini baholay oladi.
Optinol ko‘z tomchilarida konservantlar mavjud emas, ular tez ta’sir qiladi, eritma ifloslanishining oldini oladigan va ochilganidan keyin olti oygacha steril bo‘lib qoladigan innovatsion aplikatorga ega. Ko‘z qichishi, qizarishi yoki haddan tashqari yoshlanishi kabi alomatlar ushbu ko‘z tomchilari yordamida samarali bartaraf etilishi mumkin, bu ko‘zning ta’sirchan va sezgir shilliq qavatini tiklash jarayonida yordam beradi. Ular kontakt linzalar taqadigan odamlar, bolalar va ta’sirchan ko‘zlarga ega kishilar uchun mos keladi.
Ko‘zlar qichishi va qizarishiga qarshi qo‘shimcha maslahatlar
Gigienaga rioya qilish va ko‘z qovoqlarini massaj qilish yordam beradi. Ko‘z qovoqlarini ikki-to‘rt marta iliq kompress bilan massaj qilishingiz va ularni suv va bolalar shampuni aralashmasiga botirilgan momiqli tayoqcha bilan ehtiyot bo‘lib tozalashingiz mumkin.
Har qanday ko‘z kasalliklarini davolashda, makiyajdan qoching va ko‘zlar tiklanganidan so‘ng, gipoallergen kosmetikadan foydalaning, chunki ular terining qipiqlanishi , toshmalar va qichishishni keltirib chiqarmaydi.
Qichishish va qizarishga ko‘zning zo‘riqishi sababchi bo‘lsa, har yigirma daqiqada kamida yigirma soniya davomida yigirma metr uzoqlikka qarang. Ko‘zlaringizga dam olish uchun vaqt bering, bu hashamat emas, balki ustuvorlikdir.