Перейти к основному содержимому

Glaukoma nima va u qandy davolanadi?

Glaukoma asta-sekin rivojlanadi, ko‘pincha ko‘z ichi bosimining oshishi sababli. Bu ko‘rish qobiliyatining zaiflashishiga olib keladigan ko‘rish nerfining kasalligi bo‘lib, ko‘rlikning asosiy sababi hisoblanadi. Ko‘rish nervig ktta bosimni hosil qiluvchi suvsimon namlik chiqishi buzilishiga nima sabab bo‘lishi noma’lum, bu uning ortga qaytarib bo‘lmaydigan holda buzilishiga olib keladi.

Glaukoma har qanday yoshda, hatto yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda ham paydo bo‘lishi mumkin, ammo asosan u keksa odamlarda uchraydi. U deyarli hech qanday alomatga ega emas, shuning uchun ko‘p hollarda u allaqachon jiddiy ko‘rish muammolarini keltirib chiqarganida, unga tashhis qo‘yiladi.

Glukoma alomatlari

Ko‘zlarning yoshlanishi, davriy bosh og‘riqlari, ko‘rishning xiralashishi va yorug‘lik manbalari atrofida kamalak ranglarini ko‘rish kabi alomatlar glaukoma bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, ammo ular kasallikning tipik belgilari bo‘lmagani uchun ularni ko‘pincha o‘z vaqtida bu kasallik bilan bog‘lashmaydi . Ushbu kasallik bilan bog‘liq muammolar, asosan, ko‘rish o‘tkirligining pasayishi va ko‘rish sohasining kamayishida, og‘ir holatlarda esa ko‘rish qobiliyatining ortga qaytarilmas holatida namoyon bo‘lishi mumkin.

Glaukomaning paydo bo‘lishi genetika, diabet va gipertireoz bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, biroq bu kasallik shunday kasalliklardan aziyat chekadigan odamlarda har doim ham rivojlanmaydi. Tashhis qo‘yishda oila anamnezini tahlil qilish, muguz pardasini tekshirish kerak.

Terapiya antiglaukoma tomchilarini o‘z ichiga oladi va ular umr bo‘yi qo‘llanadi. Agar terapiya o‘z vaqtida boshlangan bo‘lsa, ko‘rish nervining yomonlashuvini samarali nazorat qilish imkonini beradi. Aks holda, terapiya lazer nurlari bilan davolash bilan birga olib boriladi.

Faqat kamdan-kam hollarda jarrohlik talab qilinadi. Biroq, ahvoli terapiya bilan nazorat qilinadigan bemorlar hayotlarining qolgan qismida ko‘rish qobiliyatini saqlab qolishlari deyarli aniq.

Glaukoma yunoncha glaukos so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «yashil» degan ma’noni anglatadi, u zararlangan ko‘zda paydo bo‘ladigan ko‘z gavharining yashil-kulrang aks etishi tufayli yuzaga keladi, shuning uchun kasallik yashil katarakta deb ham ataladi.